Reshford: "MYU ko'rsatayotgan o'yindan zavq olyapman"

Sherzod Nurmatov
28 dek 2022, 11:43
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford "Nottingem Forest" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:0) fikrlarini bildirib o'tdi.

25 yoshli futbolchi 19-daqiqada hisobni ochdi va 22-daqiqada golli uzatmani amalga oshirdi va uchrashuv yakunida almashtirildi.

"Hozir faoliyatimdagi eng yaxshi o'yinimni namoyish qilyapmanmi, bilmayman, lekin menga hamma narsa manzur kelmoqda. Tez-tez g'alaba qozonyapmiz va "Manchester Yunayted" o'tgan mavsumdagidan butunlay farq qilmoqda – boshqa futbol, boshqa mentalitet. Men ko'rsatayotgan o'yinimizdan zavq olyapman", – dedi angliyalik hujumchi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Amazon Prime