Reshford jarohati sabab terma jamoa lagerini tark etdi

Aslanov Jasurbek
21 mar 2019, 22:56
MYU forvardi Markus Reshford jarohati tufayli Angliya terma jamoasi bazasini tark etdi.

21 yoshli futbolchi tibbiy-ko'rikdan o'tish uchun “qizil iblislar” qarorgohiga yetib borgan. Reshfordning fevral oyidan buyon og'riq bilan o'ynab kelayotgani ma'lum bo'lgan. Endi u Evro-2020 saralash bahslari doirasidagi Chexiya va Chernogoriyaga qarshi bahslarni o'tkazib yuboradi.

Hozircha, futbolchining qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum emas.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: MUFC