Reshford jarohat sabab "Nyukasl"ga qarshi Liga kubogi finalini o'tkazib yuborishi mumkin

Administrator
24 fev 2023, 23:32
Futbolchi "Barselona"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi.

"Manchester Yunayted" klubi hujumchisi Markus Reshford Angliya Liga kubogi finalini o'tkazib yuborishi mumkin. Futbolchi "Barselona"ga qarshi EL o'yining 88-daqiqasida jarohati sabab almashtirilgandi. 

"Reshford maydonga tushadimi, yo'qmi bilmayman. Biz tekshirish o'tkazishimiz kerak. Kecha tekshiruv o'tkazgandik, ammo o'yindan keyin juda kam vaqt o'tdi. Shuning uchun hech narsa deb bo'lmaydi. Aniq tashxisni kutishimiz kerak", -deydi Erik ten Xag. 

Ma'lumot uchun, 26 fevral kuni soat 21:30 "Manchester Yunayted" va "Nyukasl" o'rtasida Liga kubogi finali bo'lib o'tadi.     

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Sky Sports