Reshford "Barselona"ni tark etib, PSJga o'tishi mumkin

Alisher Ostonov
30 noya 2025, 19:22
PSJ "Barselona" ijaraga olgan "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshfordni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Qayd etilishicha, kataloniyaliklar futbolchi bilan doimiy shartnoma imzolash uchun favorit hisoblanadi. Sotib olish summasi 35 mln evroni tashkil etadi.

Reshford yozda "Kamp Nou"ga kelganidan beri 18 ta o'yinda 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. PSJ endilikda vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda va agar "Barselona" hech narsa qilmaslikka qaror qilsa, Markus Reshfordga qiziqishni kuchaytirishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Football Insider