Reshford "Barselona"da qaysi raqamda o'ynashi aniq

Mirjalol Normatov
23 iyul 2025
Markus Reshford "Barselona"da 14-raqam ostida o'ynaydi.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, 27 yoshli forvard sotib olish huquqi bilan ijara asosida "Barselona"ga o'tgandi. Yaqin soatlar ichida uning transferi rasman e'lon qilinishi kutilmoqda. 

Reshford "Barselona"dagi kumiri Terri Anri sababli 14-raqamni tanlagan. Shuningdek, u 2015/2016 yilgi mavsumga qadar "Yunayted"ning 21 yoshgacha bo'lgan tarkibida ham aynan shu raqam ostida harakat qilgan.

Keyinchalik u mankunianliklar tarkibida 19 va 10-raqamda ham o'ynadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Diario Sport