"Renn" Kamavingani ushbu transfer oynasida qo'yib yuborishga tayyor

Alisher
20 iyul 2021, 18:24
"Renn" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga jamoasini o'zgartirishga yaqin.

Fransiyalik futbolchi uchun bosh da'vogar "Manchester Yunayted" klubi hisoblanadi.

"Renn" prezidenti Nikolas Xolvek klub o'yinchi borasidagi takliflarni ko'rib chiqishga tayyor ekanligini aytdi. 18 yoshli futbolchining shartnomasi yakunlanishiga bir yil qoldi va u bir necha bor jamoasini o'zgartirishni xohlayotganiga shama qildi.

Futbolchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal