

"Renn" bosh murabbiyi Bryuno Jenezo o'z o'rnini tark etdi. Francuz klubining ma'lum qilishicha, o'zaro shartnoma ikki tomonning roziligi bilan bekor qilingan. Shu jumladan, murabbiyning shaxsiy sabablari ham jarayonga ta’sir qilgan.
"Renn" klubi yangi bosh murabbiy etib Jyulen Stefanni tayinladi. U 2018-2021 yillar davomida klub bosh murabbiyi bo'lgandi.
Ma'lumot uchun, "Renn" ushbu mavsum Fransiya chempionatida 12 turdan keyin 12 ochko bilan 13-o'rinni egallab turibdi.



