Renatu Sanshesh o'zini top-klubga ketish uchun tayyor deb hisoblamoqda

Alisher
25 noya 2021, 12:37
"Lill" yarim himoyachisi Renatu Sanshesh top-klubga o'tish uchun tayyorligini aytdim.

"Agentim bilan gaplashyapman va qaysi klublar meni kuzatayotganini bilaman, ammo hali hech narsa ayta olmayman. Tayyorligimni aniq aytishim mumkin. Agar menda taklif bo'lsa, o'zim uchun eng yaxshisini tanlayman", - deydi Sanshesh.

Sanshesh 2021/22 yilgi mavsum "Lill" tarkibida 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.

Transfermarkt 24 yoshli portugaliyalik futbolchini 30 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe