Remsdeyl bir necha haftaga safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
20 mar 2022, 11:11
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta APL doirasida "Aston Villa"ga qarshi o'yinda Aaron Remsdeylning maydonga tushmagani haqida gapirdi.

"Aaronda qorin mushaklarining jarohati kuzatilmoqda. Shu sababli u bir necha hafta davomida davolanadi", - dedi Arteta.

Ushbu mavsumda Remsdeyl APLning 24 o'yinida qatnashib, shularning 12tasida darvozasidan gol o'tkazib yubormadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal