Regina ismli sakkizoyoq Portugaliya bilan o'yinda nemislarning g'alabasini bashorat qildi

Tolibjon Qosimov
13 iyun 2014, 17:54
Berlindagi Aqua Dum okeanariumida Regina ismli sakkizoyoq jahon chempionati uchun taxmin qilishni boshladi.
JARda bo'lib o'tgan mundialda sakkizoyoq Paul o'zining aniq bashoratlari bilan esda qolgan. O'shanda bu jonzot Germaniya terma jamoasining barcha g'alabalarini va Ispaniya finalda g'olib bo'lishini to'g'ri topgan.

Juma 13 iyun kuni sakkizoyoq Germaniya va Portugaliya o'yini g'olibini bashorat qildi. Bashoratga ko'ra nemislar raqib ustidan g'alaba qozonadi .

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com