Rednapp: "Yosh yarim himoyachilarga Brunu Fernandeshning o'yinini ko'proq ko'rishni tavsiya qilaman"

Mirjalol Normatov
22 iyun 2020, 20:43
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Rednapp yosh yarim himoyachilarga "Manchester Yunayted" futbolchisi Brunu Fernandeshning o'yinlarini ko'proq ko'rishni va undan namuna olishni aytib o'tdi.

"Yosh yarim himoyachilarga maslahatim - Brunu Fernandeshning "Manchester Yunayted"dagi o'yinlarini tomosha qilish.

Uning uzoq masofalardan berayotgan zarbalariga e'tibor bering. Buni qaytarish qiyin bo'lmoqda. Bu ham darvozabonni chalg'itish uchun ajoyib yo'l.

Shunday pallada Fernandesh to'pni qabul qilib olyapti, ko'p ushlab turmayapti va boshqa tomonlarga qaramayapti. Buning o'rniga u gol urish yo'llarini izlayapti.

Frenk Lempard ham shunday o'ynardi, shu boisdan u APLning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri bo'lgan.

Brunu ham shunday kutilmagan o'yinlari bilan "Yunayted"ning o'yinini kuchaytirib yubordi", - dedi Rednapp.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal