"Real"ning yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadi nomi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
22 mar 2019, 15:15
"Real" yozgi transfer oynasida kimni xarid qilmoqchi ekanligi ma'lum bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi" joriy mavsum yakunida PSJ forvardi Kilian Mbappeni xarid qilishga e'tibor qaratadi. Bu qarorni "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peresning shaxsan o'zi qabul qildi.

"Real" avvaliga Neymarni xarid qilmoqchi edi. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda o'tkazilgan so'rovnomadan so'ng, Peresning fikri o'zgardi.

Joriy mavsum 20 yoshli hujumchi Liga 1ning 23ta uchrashuvida ishtirok etib, 26ta gol urdi va 6ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS