"Real"ning yana bir futbolchisi jarohat oldi

Alisher
24 sen 2019, 17:31
"Real" himoyachisi Ferlan Mendi oyog'idan olgan jarohati bois 2-3 haftaga safdan chiqdi.

24 yoshli fransiyalik futbolchi chap oyog'idan jarohat oldi. Shunday ekan, futbolchi shanba kungi "Atletiko" bilan o'yinda ishtirok etolmaydi.

Mendi shu yozda "Real"ga "Lion"dan o'tgan edi. Transferi narxi esa 48 mln evro+5mln ni tashkil etgan.

Futbolchi faoliyatini "Gavr"da boshlagan va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Mendi 2018 yildan buyon Fransiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS