"Real"ning sobiq posboni 40 yoshli Diego Lopes yangi jamoasi bilan shartnoma imzoladi

Mirjalol Normatov
3 iyul 2022, 00:10
"Rayo Valekano" matbuot xizmati 40 yoshli darvozabon Diego Lopesning transferini e'lon qildi.

Posbon bilan shartnoma 1 mavsumga mo'ljallangan. O'tgan mavsumda Lopes "Espanol" tarkibida o'ynagan va chempionatning 36 o'yinida qatnashib, 11 bora o'z darvozasini quruq saqlab qolgan.

Faoliyati davomida Lopes "Real", "Vilyarreal", "Sevilya", "Milan" kabi jamoalar tarkibida ham o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: rayovallecano.es