“Breshiya” ustozi: “Balotelli hafsalamni pir qildi, unga bor e'tiborimni bag'ishlagandim”

Eldor Akmurzayev
6 iyun 2020, 19:35
“Breshiya” bosh murabbiyi Diego Lopes hujumchi Mario Balotelli uning ishonchini oqlamagani haqida gapirdi.

“Hayotda suhbatlar emas, faktlar muhim o'rin tutadi. Bizni so'z emas, qilayotgan harakatlar qandayligimizni so'radi. Ayni holatda yagona haqiqat bor – jamoa o'z yo'lidan bordi, Balotelli esa boshqasini tanladi. Mario Breshiyada o'sgani uchun, jamoaga ko'p narsa bera olishidan umid qilgandim. Ushbu futbolchiga bor e'tiborimni bag'ishladim, ammo u hafsalamni pir qildi”, deydi Lopes.

Balotelli joriy mavsum A Seriyada 19 o'yinda qatnashib, 5ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Corrierre della Sera