"Real"ning muhim futbolchilaridan biri jarohat oldi

Aslanov Jasurbek
27 sen 2018, 13:36
"Real" yaqin bir necha kun ichida o'tadigan bahslarda asosiy futbolchilaridan birini maydonga tushira olmasligi mumkin.

"Sevilya"ga qarshi bahsda (0:3) "qaymoqranglilar" himoyachisi Marselo shikastlandi va uchrashuv yakunlanishidan avval maydonni tark etdi. "Real" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi braziliyalikda mushak jarohati borligini aytdi. Futbolchining safga qaytish muddati bugun ma'lum bo'ladi.

"Real" 29 sentyabr kuni "Atletiko"ga qarshi bahs o'tkazadi. O'yin "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi.  "Qirollik klubi"ning keyingi uchrashuvi Moskvada SSKAga qarshi bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com