"Real"ning 90% muxlislari Anchelottidan 4-4-2 sxemasini so'rayapti

Aslanov Jasurbek
11 fev 2015, 16:18
"AS" gazetasi "Real" sxemasi borasida o'z o'quvchilar orasida so'rov o'tkazdi.

Muxlislarning fikricha, jamoaga 4-3-3 sxemasi to'g'ri kelmaydi. Ishqibozlar Karlo Anchelottidan 4-4-2 sxemasini talab qilishmoqda. O'quvchilarning 90,77% bu uslubga ovoz bergan.

4-3-3 tizimi "Atletiko"ga qarshi uchrashuvda ishlatilgan va bu sxema jiddiy tanqid ostida qolgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com