“Real”da Zidanning o'rnini egallash mumkin bo'lgan 3 murabbiy nomi ma'lum

Eldor Akmurzayev
4 fev 2021, 21:40
Madridliklar rahbariyati Zinedin Zidanning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan mutaxassislarni izlashda davom etmoqda.

Cadena SER xabariga ko'ra, “Real” bosh murabbiylikka asosiy nomzodlar sifatida Massimiliano Allegri va Raul Gonsalesni ko'rmoqda.

Raul “qaymoqranglilar”ning yoshlar jamoasida ishlamoqda. Uning shogirdlari o'tgan mavsum yoshlar o'rtasidagi Chempionlar Ligasida zafar quchdi.

Allegri esa hozirda ishsiz hisoblanadi. Uning faoliyatidagi so'nggi klub “Yuventus” bo'ldi.

Shuningdek, nomzodlar orasida “Leyptsig” ustozida Yulian Nagelsmann ham bor, ammo uning jamoa boshqaruviga kelish ehtimoli kamroq.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Cadena SER