"Real"da ichki kelishmovchilik. Ramos klubning yosh futbolchisini to'p bilan "yasadi" (VIDEO)

Aslanov Jasurbek
22 okt 2018, 18:13
"Real"ning ketma-ket muvaffaqiyatsizligi jamoa futbolchilari ruxiyatiga salbiy ta’sir qilayotgan ko'rinadi.

"Qirollik klubi" markaziy himoyachisi Serxio Ramos mashg'ulotda 21 yoshli futbolchi Serxi Regilonni to'p bilan nishonga oldi. Yosh himoyachi to'p uchun kurashda jamoa sardorining burniga tegib ketdi, bundan g'azablangan Ramos Regilon tomonga to'p tepdi. Birinchi zarba nishonga tegmadi. Bir necha soniyadan so'ng tajribali futbolchi o'z maqsadiga erishdi.

Ushbu voqea aks etgan videoni TELEGRAMdagi sahifamizdan ko'chirib olishingiz mumkin.

Eslatib o'tamiz, "Real"ning g'alabasiz seriyasi 5ta o'yinga etdi. Seshanba kuni "Qirollik klubi" Chempionlar ligasi doirasida "Viktoriya"ga qarshi o'ynaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/partidazocope/