"Real" Zidanni qaytarishni rejalashtirmayapti. Peres Anchelottiga ishonishda davom etadi

Administrator
1 may 2023, 00:13
Zidan klub bilan bu masala bo'yicha bog'lanmagan.

"Real Madrid" klubi Zinedin Zidanni yana bosh murabbiylik postiga olib kelishi borasidagi xabarlar asosga ega emas. "Real" buni rejalashtirmayapti. 

Marca nashrining xabar berishicha, klub rahbariyati Karlo Anchelottiga ishonishda davom etadi. 

Florentino Peres va Karlo Anchelottining aloqalari hozirda har qachongidan ham iloqroq. Peres Anchelotti bilan shartnoma oxiriga qadar, yani 2024 yilga qadar ishlash niyatida. 

Qo'shimcha qilinishicha, Zinedin Zidan "Real Madrid" bilan bog'lanmagan. Zidanga berilgan ehtimoliy takliflar orasida "Yuve" va PSJ bo'lishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia