"Real" Yovich ketganidan so'ng Aguero, Jiru yoki Milik bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
19 yanv 2021, 12:38
"Real" Luka Yovichning "Ayntraxt"ga ketgani ortidan markaziy hujumchi bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Ehtimoliy da'vogarlar orasida Serxio Aguero ("Manchester Siti"), Olive Jiru ("Chelsi"), Arkadiush Milik ("Napoli") va Raul de Tomas ("Espanol") bor.

Hozirda "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning qo'l ostida ikkita toza hujumchi mavjud - Karim Benzema va Mariano Dias.

Eslatib o'tamiz, "Real" La Ligada 18ta o'yindan so'ng "Atletiko"dan so'ng jadvalda ikkinchi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: As