"Real" yanvarda Kataloniya klubi himoyachisini sotib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
9 noya 2018, 15:04
"Real" qishki transfer oynasida himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi.

"Qirollik klubi"ning yangi maqsadi Kataloniyaning "Espanol" klubi himoyachisi Mario Ermoso. Futbolchi joriy mavsum sezilarli o'sishga erishdi, 8 noyabrda Ispaniya terma jamoasiga chaqirildi. Ermoso "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2017 yilda "Espanol"ga o'tgan, qaymoqranglilar himoyachini yanvarda 7,5 mln evro evaziga sotib olishi mumkin.

"Espanol" o'zining muhim futbolchisi bilan xayrlashmoqchi emas, biroq moliyaviy muammolar tufayli Ermosoni sotishga majbur bo'lishi mumkin. "Arsenal" ham himoyachi kuzatishda davom etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca