"Real" yanvarda Endrikni ijaraga bermaydi

Sherzod Nurmatov
21 noya 2024
Insayder Fabricio Romano 18 yoshli braziliyalik Endrikning yanvar oyida "Sautgempton"ga ijaraga berilishi mumkinligi haqidagi ma'lumotni rad etdi.

"Real" Endrikni qishda qo'yib yuborishni rejalashtirmayapti, hujumchi ham Madrid klubini tark etishni istamayapti.

Endrik yozda "Real"ga o'tgan edi. Braziliyalik futbolchi 2024/25 yilgi mavsum 10 uchrashuvda maydonga tushib, jami 122 daqiqa o'ynadi va 2 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano