"Real" Xames uchun neapolliklardan 42 million evro so'ramoqda

13 iyun 2019, 21:45
Madridliklar "Napoli" sotib olishni xohlayotgan Xames Rodrigesning transfer narxini e'lon qildi.

"Real" klubi kolumbiyalik futbolchining narxini 42 million evro etib belgiladi. Bu "Napoli" uchun rekord summaga aylanadi. Shuning uchun, klub endi 27 yoshli Xamesni sotib olish huquqi bilan ijaraga olishi kutilmoqda. 

Italiya klubi Xamesga yiliga 6,5 million evro maosh va 5 yillik shartnoma taklif qilgan. Klub prezidenti Aurelio De Laurentis esa allaqachon "Real"dagi hamkasbi Florentino Peres bilan aloqaga chiqqan.

Xames "Napoli"ga o'tishga rozilik berdi


O'xshash yangiliklar


Manba: corrieredellosport.it