"Real Sosedad" rossiyalik futbolchi transferini deyarli hal qildi

Omonjon To`xtamirzayev
11 avg 2023, 17:48
"Real Sosedad" "Dinamo" va Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Arsen Zaxaryan transferiga jiddiy kirishgan.

Ispanlar iqtidorli futbolchi uchun 12 million evro + bonuslar taklif qilishga tayyor. "Real Sosedad" futbolchining o'zi bilan shartnoma borasida kelishuvga erishib ulgurgan.

Kelishuv yaqin kunlarda to'liq hal etilishi kutilmoqda. "Dinamo" 20 yoshli futbolchi transfer huquqining bir qismini o'zida saqlab qolmoqchi.

Zaxaryan moskvaliklar asosiy jamoasi tarkibida 2021 yilning qishidan buyon harakat qilmoqda (89 o'yin, 19 ta gol va 25 ta assist). Bu mavsum yarim himoyachi 5 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma etkazib berdi. 

"Transfermarkt" portali futbolchi transferini 15 million evroga baholamoqda. Moskvaliklar ham futbolchisi bilan aynan shunday summa evaziga xayrlashishga tayyor.

Xavbekning "Dinamo" bilan shartnomasi 2023/24-yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: mundodeportivo.com