"Real" sobiq futbolchisi ispan jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi

Alisher
5 noya 2019, 12:40
"Real" sobiq o'yinchisi Guti "Almeriya" bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. "Almeriya" Ispaniyada mavqey jihatdan ikkinchi o'rinda turuvchi divizionda o'ynaydi.

Bitimning qancha muddatga imzolangani haqida ma'lumot yo'q.

43 yoshli Guti futbolchilik faoliyati davomida "Real" va "Beshiktosh" klublarida o'ynagan.

U 1999-2005 yillar davomida Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/u_d_almeria