"Real" shov-shuvli transfer tayyorlamoqda

Sherzod Nurmatov
26 fev 2026
Kelasi yozda Yevropa transfer bozorida eng sensacion kelishuvlardan biri pishib etilish arafasida.

"Cadena SER" ma'lumotlariga ko'ra, "Real" PSJ yarim himoyachisi Vitinyani transfer qilish uchun faol tayyorgarlikni boshlagan. "Qirollik klubi" portugaliyalik pleymeykerni markazdagi chiziq uchun ideal kuchaytirish deb hisoblamoqda va uni qo'lga kiritish uchun katta moliyaviy sarmoya kiritishga tayyor.

Vaziyat ma'lum kelishuvlar tufayli biroz osonlashadi. Aytilishicha, Vitinya PSJ rahbariyati bilan kelishib olgan: agar klub taxminan 100 mln evro atrofida taklif olsa, parijliklar uning kyetishiga to'sqinlik qilmaydi.

Ma'lum qilinishicha, Vitinya Luis Enrike taktik sxemasida muhim o'rin tutsa-da, moliyaviy shartlar bajarilsa, PSJ uni sotish variantini ko'rib chiqishga tayyor.

Qayd etish joiz, portugaliyalik yarim himoyachi bu mavsum parijliklar tarkibida 35 o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma berdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Cadena SER