"Real" "Santyago Bernabeu"ni mahalliy shifoxonalarga topshiradi

26 mar 2020, 22:30
Madridning "Real" klubi o'z o'yingohini koronavirus pandemiyasi bilan kurashayotgan mahalliy shifoxonalar ixtiyoriga o'tkazdi.

"Bernabeu"da pandemiyaga qarshi kurashish uchun as qotadigan dori-darmonlar saqlanadi.

"Barcha saqlangan zahiralar Ispaniya hukumati boshchiligidagi sog'liqni saqlash idoralariga topshiriladi va shu yo'l bilan ulardan maqsadli, samarali foydalanishga erishiladi.

Shuningdek, "Real" Sog'liqni saqlash vazirligiga mablag' yoki boshqa turdagi moddiy yordam ko'rsatayotgan tashkilot va korxonalar, ayniqsa, sport sektori vakillariga imkoniyat yaratadi", - deyiladi Madrid klubi bayonotida.

Ispaniyada ayni paytda infekciya oqibatida vafot etganlar soni 3 434 nafarni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Real Madrid Info