

Ma'lumotlarga ko'ra, argentinalik mutxassis "Qirollik klubi"ning hozirgi ustozi Zinedin Zidan o'rniga ko'rib chiqilmoqda. Bu ayni damda Zidanga ishonch bildirilmayapti degani emas. Ammo agar mavsum oxirida "Real" Ispaniya chempioni bo'la olmasa, "qaymoqranglilar" Sampaolini bosh murabbiy etib tayinlaydi.



