"Real" Pepe o'rniga "Bavariya" himoyachisini sotib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
17 may 2017
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Bavariya" himoyachisi Jerom Boatengga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Germaniya terma jamoasi futbolchisi "Qirollik klubi"dan kyetishga taraddud ko'rayotgan Pepe o'rniga kelishi taxmin qilinmoqda. Ispan grandi Boateng uchun 40 mln. evro taklif qilishga tayyor.

Oldinroq Boateng "Bavariya"dagi holatidan ko'ngli to'lmayotgani va klub bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan borada suhbatlashmoqchi ekanligi haqida xabarlar e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Kicker