"Real" o'zining super-yulduzini sotsa Mbappeni xarid qilishga urinadi

Aslanov Jasurbek
8 iyun 2017, 14:47
Agar "Real" o'zining yetakchi futbolchilaridan birini sotsa, "Qirollik klubi" rahbariyati "Monako" hujumchisi Kilian Mbappeni xarid qilishga urinib ko'radi.

Ma'lumotlarga ko'ra, bu futbolchi Garet Beyl bo'lishi mumkin. "Qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Zinedin Zidan klub prezidenti Florentino Peres bilan bu borada suhbat o'tkazishgan. Zidan Peresga jamoada Mbappe uchun joy topish qiyinligini aytgan. Har qanday holatda ham "Qirollik klubi"dagilar Mbappeni xarid qilishni istashmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca