"Real" o'yinchilari klubga yordam berish uchun har birlariga beriladigan 1 mln evro miqdoridagi bonuslardan voz kechishdi

Alisher
23 sen 2020, 16:37
"Real" futbolchilari koronavirus pandemiyasi davrida klubga yordam berishga qaror qilishdi.

O'yinchilar chempionat va Ispaniya Superkubogidagi g'alabalar uchun o'zlariga beriladigan bonuslardan voz kechishdi.

Har bir futbolchi chempionlik uchun 700 ming evrodan, Superkubokdagi g'alaba uchun esa 300 ming evrodan olishlari kerak edi.

Eslatib o'tamiz, "Real" keyingi o'yinini 26 sentyabr kuni "Betis"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: COPE