

Madridliklar ikki o'yin natijasiga ko'ra 4:0 hisobida ustun kelishdi va musobaqaning 1/2 finaliga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. "Qaymoqranglilar" ushbu bosqichga oxirgi 13 yilda 11-marta yetib kelishdi. Ikki martagina "galaktikos" musobaqani ertaroq tark etgan - 2018/19-yilgi mavsum (1/8 finalda "Ayaks" - 3:5) va 2019/20-yilgi mavsumda (pley-offning birinchi bosqichida "Manchester Siti" zafar quchgan - 4:2).



