“Real” muxlislari uchun qo'shaloq xushxabar

5 okt 2018, 09:10
“Real” Ispaniya chempionatining 8-turida “Alaves”ga qarshi o'tadigan o'yin uchun mashg'ulotlarni boshlab yubordi.

SSKAga qarshi YCHL 2-tur o'yinida qatnashmagan Garet Beyl jamoa mashg'ulotlariga qaytdi. Shuningdek, Rafael Varan ham mashg'ulotlarga qaytdi, faqat u individual tarzda shug'ullanmoqda.

Hozircha Isko, Marselo va Dani Karvaxal jarohatini davolash bilan band.

Serxio Ramos esa shanba kundagi o'yinga tayyor bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca