

"Real" rasmiy sayti bergan ma'lumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi" yarim himoyachisi Toni Kroos PSJga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final ilk uchrashuvida shikastlangan. Tibbiy tekshiruvdan so'ng, futbolchining chap tizzasida jarohat borligi aniqlandi. Hozircha Kroos safga qachon qaytishi ma'lum emas.



