"Real" muxlislari uchun noxush xabar

Aslanov Jasurbek
5 yanv 2018, 18:20
"Real" sardori va himoyachisi Serxio Ramos jarohat oldi.

"Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zinedin Zidan futbolchini "Numansiya"ga qarshi bo'lib o'tgan Ispaniya Kubogining 1/8 final uchrashuviga (3:0) olib ketmagan edi.

Ma'lum bo'lishicha, Ramosda jarohat bor ekan. Bugungi tibbiy tekshiruv natijalaridan so'ng ushbu xabar e'lon qilindi. Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi tiklanishi uchun kamida 2 hafta kerak bo'ladi.

Shunday qilib, Serxio Ramos "Selta" bilan bo'ladigan LaLiganing 18-tur uchrashuvida ishtirok etmaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia