"Real" Mbappe uchun 160 mln evrolik taklif jo'natdi (Fabricio Romano)

Aslanov Jasurbek
25 avg 2021, 00:56
Killian Mbappe "Real Madrid"ga o'tishi mumkin.

Taniqli insayder va jurnalist Fabricio Romanoning xabar berishicha, "Real Madrid" Killian Mbappe uchun PSJga 160 mln evrolik rasmiy taklif jo'natgan. Parijliklar hali bunga rozilik berishganicha yo'q. Killian Mbappe PSJning shartnomani uzaytirish borasidagi 3 ta taklifini rad qilishga ulgargan. Mbappe ham hozirda parijliklarning "Real" taklifiga qandan javob berishini kutish bilan band.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano