"Real Madrid" va jamoa futbolchilari haqida biz bilgan va bilmagan faktlar!

Omonjon To`xtamirzayev
18 okt 2013, 15:56
Xabaringiz bormi...
Bilasizmi? Marceloning qolida tatuirovka mavjud bo'lib, unda bobosining ismi yozilgan. Lekin nega? Chunki aynan uning bobosi kichik Marceloning futbol oynashi uchun zarur bo'lgan mablag'ni to'lagan. Bu esa dunyo futboliga mahoratli himoyachini taqdim etdi.

Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi eng tezkor golni, "Real"dagi birinchi mavsumida "Xerez" darvozasiga, 45-sekundda kiritgan.

Raul Gonsalez "el klasiko" uchrashuvi kuni o'gil farzandli bo'lgan.

Bundan tashqari Pepe tavallud topgan kunida “klasiko”da maydonga tushgan birinchi futbolchi hisoblanadi.
 
Ser Aleks Fergyuson shunday degan edi: "Messi barcha futbolchilardan kuchli, Krishtianu Ronaldu esa Messidan kuchli".

Krishtianu 15 yoshida yuragidan operaciya qilingan edi. Doktorlar avvaliga uni futbol bilan professional darajada shug'ullana olmasligini aytishgan. Lekin "Sporting" yarim himoyachisi qayta olgan va debyut o'yinidayoq dubl qayd etgan.

Omonjon To'xtamirzaev 

Omonjon To`xtamirzayevMuallif