"Real Madrid" Kroos o'rnini braziliyalik futbolchi bilan to'ldirmoqchi

Оқил Абдубарноев
9 iyul 2024, 21:58
Madridning "Real" klubi futbolchilik faoliyatini yakunlagan Toni Kroosga o'rinbosar qidirmoqda.

Xabarlarga ko'ra, "qaymoqranglilar" short-listida "Nyukasl" klubining braziliyalik yarim himoyachisi Brunu Gimaraynsh ham bor.

26 yoshli futbolchiga "Manchester Siti" ham qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, "Arsenal" ham vaziyatni kuzatmoqda.

Gimaraynshning ingliz klubi bilan shartnomasi 2028 yilga qadar amal qiladi. Futbolchi 115 million evroga baholangan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Marca