"Real" Luka Modrichga yaxshilangan shartnoma tayyorlamoqda

Mirjalol Normatov
11 avg 2018, 00:25
"Real" rahbariyati yarim himoyachi Luka Modrichni jamoada olib qolmoqchi.

"Marca" xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" rahbariyati futbolchini jamoada saqlab qolish uchun uning maoshini qariyb ikki baravar ko'tarishga tayyor.

Ayni damda u yiliga 6,5 mln evro maosh ishlab topmoqda. Yangi shartnomada esa u yiliga 11 mln evro maosh olishi kutilmoqda.

Oldinroq "Inter" xorvatiyalikka yiliga 10 mln evro maosh taklif qilgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca