

Kecha JCH-2018dan so'ng 51 yoshli mutaxassisning Madrid jamoasini boshqarishi rasman e'lon qilingan edi.
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi madridliklardan 2 million evro oladi, Lopetegining shartnomasida shuncha tovon puli ko'rsatilgan.
Lopetegi madridliklar tovon puli to'lagan 5-murabbiy bo'ladi. Bungacha Jon Toshak (90 million peset, 1989 yilda), Manuel Pellegrini (4 million evro, 2009), Joze Mourinyo (8 million, 2010) va Karlo Anchelotti (4 million, 2013) kabi mutaxassilar uchun tovon puli to'langan.



