"Real" "Liverpul"ning navbatdagi yulduzini nishonga oldi

Alisher Ostonov
21 sen 2025, 11:56
"Real" "Liverpul" va Niderlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Rayan Gravenberxga qiziqish bildirmoqda.

Futbolchining "Liverpul" bilan mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Gravenberxning narxi taxminan 75 mln evroni tashkil etadi (Transfermarkt ma'lumotlari). "Qizillar" futbolchini 2023 yilning yozida "Bavariya"dan sotib olgandi.

Trent Aleksander-Arnold o'tgan yozda "Liverpul"ni "Real"ga almashtirgan edi. OAV ma'lumotlariga ko'ra, "Real" "qizillar" himoyachisi Ibraim Konateni ham o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.

Rayan Gravenberx "Liverpul" safida jami 91 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol va 7 ta assist qayd etdi.


O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Fichajes