"Real" "Liverpul"ning 75 mln evrolik yarim himoyachisini xarid qilishi mumkin

Alisher
16 dek 2024, 00:48
"Real" tarkibni kuchaytirish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.

Madridliklar "Liverpul"dan yarim himoyachi Dominik Soboslaiga e'tiborlarini qaratishgan. "Qaymoqranglilar" 2025 yilda vengriyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashlari mumkin.

Soboslai joriy mavsum 22ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 3ta assist qayd etdi.

Transfermarkt 24 yoshli Dominik Soboslaini 75 million evroga baholamoqda. Futbolchi "Liverpul"da 2023 yilning yozidan beri o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Fichajes