"Real" Keynni nishonga oldi

Sherzod Nurmatov
12 yanv 2023, 15:50
"Tottenxem" hujumchisi Harri Keyn "Real"ga o'tishi mumkin, deya xabar berdi "Get German Football".

Manbaga ko'ra, Madrid klubi joriy mavsum oxirida futbolchining transferini ko'rib chiqmoqchi.

Avvalroq angliyalik hujumchiga "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Keynning "shporlar" bilan bitimi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.

29 yoshli hujumchi joriy mavsum "Tottenxem" safida barcha musobaqalarda 26 ta o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 90 million evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Get German Football