"Real" Kasilyasning narxi balandligi tufayli uni sota olmayapti

Tolibjon Qosimov
7 avg 2014, 15:47
"Real" bu yozda o'z darvozaboni Iker Kasilyasni sota olmaydi.
Ispaniyaliklar o'z darvozabonlarini 20 million evro evaziga sotmoqchi, ammo bu narx ko'p klublarga 33 yoshli futbolchi uchun qimmatlik qilyapti. Eslatib o'tamiz, "Real" yozgi transfer mavsumida Keylor Navasni sotib oldi va madridliklar yana bir darvozabon Diego Lopes bilan xayrlashmoqchi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.ru