"Real" Jeydon Sancho uchun kurashga qo'shildi

Alisher
5 noya 2019, 14:26
"Real" Dortmundning "Borussiya" jamoasi yarim himoyachisi Jeydon Sanchoni kelasi yozda sotib olmoqchi.

Nemis klubi 19 yoshli ingliz futbolchisi bilan 100 million funtdan ortiq mablag' evaziga xayrlashishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Sanchoga "Real"dan tashqari "Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" klublari qiziqmoqda.

Futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 27ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 5ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail