"Real" hujumchisi jamoani tark etishini aytdi

Mirjalol Normatov
29 apr 2018, 14:01
"Real" hujumchisi Borxa Mayoral "qirollik klubi"dan ketishini aytdi.

"O'zimni boshqa jamoada sinab ko'rish vaqti keldi. Ikki mavsum o'tdi, menda etarlicha o'yin amaliyoti yo'q. Menga muntazam o'yin amaliyoti beradigan klub kerak. Hali yoshman va ko'proq o'ynashim lozim", - dedi Mayoral.

Mayoral bu mavsumda Primeroning 12 uchrashuvida qatnashdi va 2 gol kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com