"Real" hujumchisi jamoani tark etishga qaror qildi

Aslanov Jasurbek
4 noya 2025, 00:56
Endrik tez orada "Real"dan ketadi.

"L’Equipe" nashri xabar berishicha, Endrik "Lion" klubiga ijara asosida o'tishni xohlamoqda - bu qarorni u Paulu Fonseka bilan suhbatdan keyin qabul qilgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Lion" bosh murabbiyi Fonseka Endrik bilan telefon orqali gaplashib, uni klub loyihasiga ishontirgan. "Real" forvardi ijara kelishuvi tezroq amalga oshishini xohlamoqda, shunda u 1 yanvardan "Lion" safiga qo'shila oladi.

Biroq "Real" va "Lion" hali transfer shartlarini kelishmagan. Madrid klubi ijara uchun moliyaviy kompensaciya olishni istamoqda. Shuningdek, Endrikning ketishiga Franko Mastantuononing son jarohati ham to'siq bo'lishi mumkin.

Joriy mavsumda 19 yoshli hujumchi La Liganing "Valensiya"ga qarshi (4:0) o'yinida zaxiradan maydonga tushib, jami 11 daqiqa o'ynadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Équipe