"Real" himoyachisi "Atletik"ka qarshi o'yinda tizzasini jarohatladi

Mirjalol Normatov
13 avg 2023, 13:50
"Real" himoyachisi Eder Militao LaLiganing 1-turida jarohat oldi.

Braziliyalik futbolchi "Atletik"ka qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 50-daqiqada jarohat olib, maydonni tark etdi.

U Oyan Sanset bilan to'p uchun kurashda muvozanatini saqlay olmadi va maydonga yiqildi. Shundan keyin u ko'zida yosh bilan maydonni tark etdi.

Futbolchi tizzasini jarohatlab olgan. Hozircha uning qancha muddatni o'tkazib yuborishi ma'lum emas.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As