

Ammo "Real" nafaqat mag'lubiyatdan, balki kataloniyalik yarim himoyachi Gavining harakatlaridan ham norozi, deb xabar berdi "The Athletic".
"Qaymoqranglilar" lageridagilar 18 yoshli futbolchi Dani Karvaxal va Dani Sebalosga qarshi bir necha bor juda tajovuzkor o'ynaganiga ishonchlari komil. Ular Gavi o'z harakatlari orqali sportchiga xos bo'lmagan xatti-harakatlarga aylanadigan chegarani kesib o'tganini takidlashmoqda. Shu bilan birga, "Real" Gavi nafaqat "El Klasiko"da, balki har doim bu uslubga amal qiladi, deb hisoblaydi.



